11.07.2025
O'qish vaqti: 1 min

Al Hilal AC Milandan Teo Hernandezni rasman transfer qildi

Al Hilal AC Milandan Teo Hernandezni rasman transfer qildi

Saudiya Arabistoni klubi Al Hilal AC Milandan himoyachi Teo Hernandezni transfer qilganini ijtimoiy tarmoqlarda rasman e’lon qildi.

“Endi u moviy rangda,” deb yozdi Al Hilal e’lon videosida.

Hernandez AC Milan safida o’tkazgan olti mavsumda 262 ta o’yinda ishtirok etib — 34 ta gol urdi va Il Diavolo Rosso uchun 45 ta assist berdi.

27 yoshli futbolchi Milan afsonasi Paolo Maldinining rekordini yangiladi — olti mavsumda Seriya Ada 31 ta gol urib, Maldinining 35 yillik faoliyati davomida urgan 29 ta golidan o’zib ketdi.

Fransiya milliy terma jamoasi himoyachisi Saudiya Arabistoni klubi bilan uch yillik shartnoma imzoladi.