01.06.2025
O'qish vaqti: 1 min

AC Milan va Teo Ernandez yangi shartnoma bo’yicha kelisha olmadi

AC Milan va Teo Ernandez yangi shartnoma bo’yicha kelisha olmadi

La Gazzetta dello Sport xabar berishicha, Teo Ernandezning AC Milandagi kelajagi xavf ostida qoldi, chunki tomonlar yangi shartnoma bo’yicha kelishuvga erisha olmadi.

Rossoneri fransiyalik chap himoyachiga mavsumiga 4 million yevro taklif qildi — bu uning hozirgi 4,5 million yevroli shartnomasidan kamroq.

Shartnoma qiymatining pasayishi jamoaning bu mavsundagi yomon o’yini bilan bog’liq, ammo Ernandez maoshini mavsumiga 8 million yevrogacha oshirishni va hozirgi daromadidan ikki barobar ko’paytirishni talab qilmoqda.

Ushbu kelishmovchilik tufayli Milan 27 yoshli futbolchi bilan xayrlashish rejalarini tuzmoqda.

-->