27.08.2025
O'qish vaqti: 3 min

Seltik Chempionlar Ligasidan quruq qoldi

Seltik Chempionlar Ligasidan quruq qoldi

Qayrat“ga qarshi javob o‘yinidan so‘ng, asosiy va qo‘shimcha vaqtda golsiz durang va penaltilar seriyasida “Seltik“ning mag‘lubiyati bilan yakunlangan uchrashuvdan keyin, bosh murabbiy Brenden Rojers hissiyotlarga boy matbuot anjumanini o‘tkazdi. Jamoa Chempionlar Ligasiga chiqa olmadi va endi Yevropa Ligasida o‘z ishtirokini davom ettiradi.

O‘yin 210 daqiqalik kurashdan so‘ng 0:0 hisobida yakunlandi, ammo penaltilar seriyasida “Qayrat” aniqroq bo‘ldi – “Seltik” 2:3 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Adam Id, Lyuk MakKouen va Dayzen Meedaning zarbalarini yosh darvozabon Temirlan Anarbekov qaytarib, kechaning qahramoniga aylandi. Oqibatda, Chempionlar Ligasi guruh bosqichi uchun kurashda mag‘lubiyatga uchragan “Seltik” Yevropa Ligasida qatnashadi, bu esa muxlislar va klub uchun katta umidsizlik keltirdi.

Celtic 0-0 Kairat Almaty: Hoops held to draw by Kazakh side in first leg of  Champions League play-off | Football News | Sky Sports

O‘yin maydoni va sifati haqida:

“Umuman olganda, o‘yin sifati past darajada bo‘ldi deb hisoblayman. O‘yin sifati, maydon holati – juda achinarli edi. Biz yomon himoyalanmadik, lekin hujumda ham samarali harakat qila olmadik. Ikkinchi bo‘lim va qo‘shimcha vaqtda yaxshi imkoniyatlarga ega bo‘ldik, ammo ulardan foydalana olmadik. Bu juda afsuslanarli holat.” – dedi Rojers

Shundan so‘ng, murabbiy jamoa stadiondagi sharoitga qaramay, tajovuzkorroq o‘ynashi va o‘z imkoniyatlarini izlashi kerakligini ta’kidladi. Meeda bilan bog‘liq vaziyat va hal qiluvchi lahza haqida:

“Ha, darvozabon bilan yuzma-yuz qolish – bu sen umid qiladigan lahza edi. Darvozabon kechaning qahramoniga aylandi. Biz shunchaki amalga oshirolmagan imkoniyatlarimizni tahlil qilishimiz lozim. Endi Yevropa Ligasi bilan kifoyalanishimizga to‘g‘ri keladi.”

Rojers tan olishicha, aynan shunday epizodlar ko‘pincha yuqori darajadagi o‘yinlarning taqdirini hal qiladi va bu safar omad ular tomonida bo‘lmagan. Ikki o‘yin natijalari va foydalanilmagan imkoniyatlar haqida:

“Juda xafa bo‘ldik. Biz bu darajada nimalarga qodir ekanligimizni ko‘rsatdik. Ammo ikki o‘yinda buni namoyon eta olmadik. Bu achchiq. O‘tgan mavsumda to‘g‘ri yo‘lda edik, yaxshi futbol namoyish etdik – bu biz uchun katta zarba bo‘ldi. Yevropa Ligasi – nufuzli turnir, ammo bu yerda katta imkoniyatni boy berdik.”

Shu bilan birga, u mag‘lubiyat butun jamoa uchun saboq bo‘lishi, shuningdek, klubdagi o‘zgarishlarga turtki bo‘lishi kerakligini qo‘shimcha qildi. Klub auditi zarurligi to‘g‘risida:

“Biz o‘tgan yozda klub qanday taraqqiyotga erisha olishini ko‘rsatdik. Ammo hozir orqaga nazar tashlab, bundan keyin qanday yo‘nalishda harakat qilishimizni hal qilishimiz kerak. Shubhasiz, ko‘p sa’y-harakatlar qilindi, bu halol edi, ammo Chempionlar Ligasi – bu faqat shulardan biroz ko‘proq narsa talab qiladi.”

Murabbiy kelajakda bunday holatlarga yo‘l qo‘ymaslik va yana yuqori maqsadlarga da’vo qilish uchun jiddiy ichki o‘zgarishlar kerakligini ta’kidladi.

Qozog‘istonlik klub uchun bu g‘alaba tarixiy ahamiyatga ega bo‘ldi: “Qayrat” o‘z tarixida ilk bor Chempionlar ligasining guruh bosqichiga chiqishga muvaffaq bo‘ldi. Jamoa allaqachon Yevropaning eng kuchli klublari safidan o‘rin olishni kafolatladi va endi guruh bosqichidagi raqiblarini aniqlaydigan qur’a tashlashni kutmoqda. Bu butun Qozog‘iston futboli uchun oldinga qo‘yilgan ulkan qadam va, shubhasiz, klub tarixida yangi sahifa ochilishi hisoblanadi.