26.08.2025
O'qish vaqti: 1 min

Inter Torino darvozasiga javobsiz beshta, Turam ikki bor raqib darvozasini ishg‘ol qildi

Inter Torino darvozasiga javobsiz beshta, Turam ikki bor raqib darvozasini ishg‘ol qildi

Italiya A seriyasining 1-turidan o‘rin olgan “Inter” (Milan) va “Torino” (Turin) uchrashuvi yakunlandi. O’yin “Juzeppe Meatsa” stadionida  bo’lib o’tdi. Ushbu uchrashuvning bosh hakami Federiko La Penna (Rim) bo’ldi.

18-daqiqada Alessandro Bastoni hisobni ochdi va mezbonlarni hisobda oldinga olib chiqdi, Markus Tyuram 36-daqiqada jamoasining ikkinchi golini urdi. 52-daqiqada Lautaro Martines oradagi farqni oshirdi, Turam 62-daqiqada dublga erishdi va 72-daqiqada Anj-Yoan Bonni gol urdi.

Keyingi turda “Inter” 31 avgust kuni “Udineze”ni qabul qiladi, shu kuni “Torino” o‘z maydonida “Fiorentina” bilan o‘ynaydi.