25.08.2025
O'qish vaqti: 1 min

Xabib Nurmagomedov yarim o’rta vazn toifasida Maxachevga uchta raqib nomini aytdi

Xabib Nurmagomedov yarim o’rta vazn toifasida Maxachevga uchta raqib nomini aytdi

Rossiyalik UFC sporti hurmatli azosi Xabib Nurmagomedov tashkilotning yarim o’rta vazn toifasida (77 kg gacha) jamoadoshi Islom Maxachev uchun uchta raqib nomini aytdi.

“Men Shavkat Rahmonovni 77 kg vaznda hurmat va qo’rquvga ega bo’lgan raqib sifatida ko’raman. Belal [Muhammad], Shavkat… Men Yan Garini u qadar kuchli raqib deb hisoblamagan bo’lardim. Shavkat, 77 kg vaznda o’zining haqiqiy tahdid ekanligini o’z janglari bilan isbotladi.
Shon Bredi, men ko’rmayapman… U stilistik jihatdan juda qulay. Islom uni tik turishda, kurashda mag’lub etadi, u … Islomning oyog’ida qoladi. U, albatta, kuchli, yaxshi jangchi, lekin men ko‘rmayapman… Shavkat, Belal va Maddalena”, — dedi Nurmagomedov Komil Gadjievning YouTube’dagi kanaliga bergan intervyusida.