21.08.2025
O'qish vaqti: 1 min

Antonio Sanabria Torinodan Kremonezega o’tdi

Antonio Sanabria Torinodan Kremonezega o’tdi

Paragvaylik hujumchi Antonio Sanabriya Italiyaning “Kremoneze” klubiga o’tdi. Bu haqda klub rasmiy sayti rasman xabar berdi.

29 yoshli Antonio Sanabriyaning avvalgi klubi Italiyaning “Torino” klubi edi. A seriyaning 2024/2025 yilgi mavsumida u 26 o’yin o’tkazib, ikkita gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.

“Xalqaro miqyosda Sanabriya Paragvay termasining asosiy o’yinchilaridan biri hisoblanadi: 17 yoshidagi debyutidan buyon u Amerika Kubogi, Jahon chempionati saralashi va o’rtoqlik o’yinlarida 37 ta o’yin o’tkazdi. Saralash bosqichida uchta gol urib, Jahon chempionatida ishtirok etishga tayyorgarlik ko’rayotgan Janubiy Amerika terma jamoasining eng yaxshi to’purarlaridan biriga aylandi”, – deyiladi klub bayonotida.