20.08.2025
O'qish vaqti: 1 min

Saudiya Arabistoni Superkubogida Al Ahli Al Qodisiyani 5:1 hisobida mag’lub etib finalga yo’l oldi

Saudiya Arabistoni Superkubogida Al Ahli Al Qodisiyani 5:1 hisobida mag’lub etib finalga yo’l oldi

Saudiya Arabistoni Superkubogining ikkinchi yarim finalidan o‘rin olgan “Al Qodisiya” – “Al Ahli” uchrashuvi yakunlandi. Jamoalar Gonkongdagi Gonkong So Kon Po stadionida uchrashishdi. Qiziqarli bahsda “Al Ahli” futbolchilari 5:1 hisobidagi g‘alabani tantana qilishdi.
8 – daqiqada himoyachi Gaston Alvares “Al Qodisiya”ni hisobda oldinga olib chiqdi. 12-daqiqada “Barselona”ning sobiq yarim himoyachisi Frank Kessi hisobni tenglashtirdi. 28-daqiqada angliyalik Ivan Toni penaltini aniq amalga oshirdi. 31-daqiqada yarim himoyachi Enzo Millot “Manchester Siti”ning sobiq vingeri Riyod Mahrezning uzatmasidan gol urdi. 42-daqiqada “Al-Qadisiya” hujumchisi Kristofer Baa maydondan chetlatildi. 45+2-daqiqada Mahrezning uzatmasidan Kessi dubl qayd etdi. 61-daqiqada “Real”ning sobiq himoyachisi Nacho Fernandes kutilmaganda o‘z darvozasini ishg‘ol qildi.

Shu tariqa, “Al-Ahli” Saudiya Arabistoni Superkubogi finaliga chiqdi va u yerda portugaliyalik Krishtianu Ronaldu sardorlik qilayotgan “An-Nasr” bilan uchrashadi. Uchrashuv 23 avgust, shanba kuniga belgilangan.