20.08.2025
O'qish vaqti: 1 min

Leo Messi tarix yozishda davom etmoqda

Leo Messi tarix yozishda davom etmoqda

Inter Mayami va Argentina terma jamoasi hujumchisi, 38 yoshli Lionel Messi futbol tarixida navbatdagi rekordni yangiladi. U 875 ta golga erishgan futbolchilar orasida buni eng tez amalga oshirgan futbolchi bo‘ldi — unga bu natijaga yetish uchun atigi 1116 ta rasmiy o‘yin kerak bo‘ldi. Shuningdek, Messi 875 golni urgan eng yosh futbolchi sifatida ham tarixga kirdi.

So‘nggi o‘yinda “Inter Mayami” safida Messi bir gol urib, bir golli uzatma ham berdi. Uning jamoasi esa “Los-Anjeles” ustidan 3:1 hisobida g‘alaba qozondi.

Eslatib o‘tamiz, Messi 2023-yildan beri “Inter Mayami” sharafini himoya qilib kelmoqda. Shu paytgacha u klub safida 71 o‘yinda 59 gol va 29 golli uzatma muallifi bo‘ldi.