20.08.2025
O'qish vaqti: 1 min

Napoli Jironadan 20 milliyonga futbolchi sotib oldi

Napoli Jironadan 20 milliyonga futbolchi sotib oldi
Ispaniyaning “Jirona” jamosida to’p tepgan Migel Guterres “Napoli” klubi safiga qo’shildi. Neapol klubi “Jirona”ning 24 yoshli himoyachisi bilan shartnoma imzolaganini rasman elon qildi.

The Athletic nashrining xabariga ko’ra, kelishuv summasi 18 million evroni tashkil etgan. Yana 2 million evro bonus sifatida to’lanishi mumkin.

Guterres La Liganing o’tgan mavsumida 29 ta o’yinda ishtirok etib, 1 ta gol urdi va 5 ta gol uzatmasini bajargan. Ispaniyalik futbolchining yangi klubida ajoyib o’yin ko’rsatishi kutilmoqda.