19.08.2025
O'qish vaqti: 3 min

US Open 2025: yangi mikst formati, $1 mln sovrin fondi va super juftliklar

US Open 2025: yangi mikst formati, $1 mln sovrin fondi va super juftliklar

Tennis tarixida ilk bor Katta dubulg‘a turnirlarida mikst asosiy musobaqalardan oldin boshlanadi. US Open miksti 2025-yil 19 va 20 avgust kunlari Nyu-Yorkda o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Eng qiziq tomoni shundaki, bu safar mikstda zamonaviy tennisning eng yirik yulduzlari qatnashadi. Maydonga Yannik Sinner, Karlos Alkaraz, Novak Djokovich, Mirra Andreeva, Iga Shvyontek va Yelena Ribakina kabi yetakchi tennischilar tushadi.

Inqilobiy format va yangi qoidalar: US Open mikst turniri

Odatda Katta dubulg‘a turnirlarida mikst ikkinchi haftaga yaqin boshlanadi va yakka bahslar yoki juftliklarga qaraganda biroz soyada qoladi. Ammo AQSh ochiq chempionati tashkilotchilari bu vaziyatni butunlay o‘zgartirishga qaror qilishdi. Ular musobaqa sanasini ko‘chirish bilan birga eng kuchli yakka bahschilarni jalb qila oldi. Endilikda mikst-turnir asosiy US Open boshlanishidan bir necha kun oldin o‘tkaziladi. Bundan tashqari, mukofot jamg‘armasi ham sezilarli darajada oshirilgan — g‘olib juftlik birgalikda 1 million dollar ishlab oladi. Bu istalgan mezon bo‘yicha juda katta summa hisoblanadi.

Turnirga jami 16 mikst juftlik taklif etilgan. G‘olib ikki kun ichida aniqlanadi, ya’ni finalga yetgan juftliklar to‘rt uchrashuv o‘tkazishlari kerak bo‘ladi. Shu bois tashkilotchilar odatiy tartibdan voz kechib, o‘yinlarni qisqartirishga qaror qildi. Har bir bahs ikki setgacha davom etadi, biroq setlar oltitagacha emas, balki to‘rt geymgacha o‘ynaladi (3:3 hisobida tay-breyk belgilanadi). Har bir geymda esa “deuce” holatida g‘olib hal qiluvchi ochko orqali aniqlanadi.m Agar setlar bo‘yicha tenglik yuzaga kelsa, g‘olib 10 ochkogacha bo‘lgan match-tay-breyk orqali belgilanadi.

Birinchi kuni 1/8 final va chorak final, ikkinchi kuni esa yarim final va final o‘tkaziladi. Final bahslari esa klassik shaklda — oltitagacha geymlik setlar bilan o‘ynaladi.

Эмма Радукану и Карлос Алькарас впервые сыграют в миксте

US Open 2025 mikst turnirida ishtirokchilar va turnir setkasi

US Open 2025 miksti tarkibi chinakamiga yulduzli chiqdi. Allaqachon birinchi bosqichning o‘zida kutilmagan superduellar rejalashtirilgan. Yuqori qismda Mirra Andreeva va Daniil Medvedev juftligi Novak Djokovich va Olga Danilovich bilan to‘qnash keladi. Bu uchrashuvdagi g‘oliblar esa Emma Radukanu / Karlos Alkaraz hamda Jessika Pegula / Jek Dreyper juftligi o‘rtasidagi bahsda eng kuchli bo‘lgan juftlik bilan yarim final yo‘llanmasi uchun kuch sinashadi. Shuningdek, yuqori qismda Iga Shvyontek / Kasper Ruud tandemi Medison Kiz / Frensis Tiafo bilan, Naomi Osaka / Gael Monfis esa Keti Maknelli / Lorentso Muzetti juftligi bilan uchrashadi.

Quyi qism ham kam yulduzli emas. Bu yerda erkaklar yakka bahsida jahonning birinchi raketkasi bo‘lgan Yannik Sinner hamda ayollar juftligida dunyo reytingida yetakchilik qilayotgan, ikki karra olimpiada chempioni (juftlik va mikst) Katerina Sinyakova birgalikda maydonga tushadi. Ularning ilk raqiblari — Tokio-2020 olimpiadasida yakka bahsda g‘olib bo‘lgan Belinda Benchich va Aleksandr Zverev bo‘ladi. Agar g‘olib chiqishsa, keyingi bosqichda Teylor Taunsend / Ben Shelton yoki Amanda Anisimova / Xolger Rune juftligidan biri bilan kuch sinashadi.

Yana bir yarim final yo‘llanmasi uchun Venus Uilyams / Rayli Opelka tandemi Karolina Muxova / Andrey Rublyov bilan bahslashadi. Shuningdek, o‘tgan yilgi US Open mikst chempionlari Sara Errani / Andrea Vavasori bu safar Yelena Ribakina / Teylor Fritz juftligiga qarshi o‘ynashadi.