19.08.2025
O'qish vaqti: 1 min

Milanning Inter klubi Lukman bo’yicha muzokaralardan voz kechdi

Milanning Inter klubi Lukman bo’yicha muzokaralardan voz kechdi

Milanning “Inter” klubi rahbariyati bu haqda “Atalanta” va futbolchining agentlarini xabardor qilib, Ademola Lukman bo’yicha muzokaralardan voz kechishga qaror qildi. Bu haqda Football-Italia xabar berdi.

Manbaga ko’ra, avvalroq “Inter”ga o’tish istagini bildirgan va shu sabab mashg’ulotlarni o’tkazib yuborgan nigeriyalik futbolchi endi katta ehtimol bilan faoliyatini Bergamoda davom ettiradi. Mojarolar va jarima tahdidiga qaramay, Lukman jamoaga qaytishga tayyor va A Seriyaning birinchi turida “Piza”ga qarshi o‘yinda maydonga tushishi mumkin.

Lukman ingliz Charlton Athletik yoshlar tizimining mahsuli bo’lib, “Atalanta”ga qo’shilishdan oldin “Everton”, “Fulxem”, “Lester” va “RB Leyptsig”da o’ynagan.