18.08.2025
O'qish vaqti: 1 min

Risharlison Ronaldoning yuzi tushirilgan suratni joylashtirdi va endi u Oltin to’pni maqsad qilmoqda

Risharlison Ronaldoning yuzi tushirilgan suratni joylashtirdi va endi u Oltin to’pni maqsad qilmoqda
Braziliyalik hujumchi Risharlison “Byornli”ga qarshi o’yinda ikkita gol urdi va o’yindan so’ng Instagramda futbol tarixidagi eng yaxshi futbolchilardan biri bo’lgan Ronaldoning yuziga qo’yilgan kollajni yukladi.

Risharlison APLning yangi mavsumini ajoyib boshladi. “Byornli”ga qarshi o’yinda u 50 daqiqa ichida dubl qayd etdi – ikkala gol ham “Tottenxem”ga yangi kelgan Muhammad Qudusning uzatmalaridan so’ng amalga oshdi.

Muvaffaqiyatli o’yindan ilhomlangan Risharlison Instagramda provokacion kollaj joylashtirdi, unda uning yuzi Ronaldoniki bilan uyg’unlashgan bo’lib, yangi mavsumdagi ambitsiyalarga shama qilingan.

Eslatib o’tamiz, braziliyalik futbolchi o’tgan mavsum APLda bor-yo’g’i 4 ta gol urgan bo’lsa, endi bu natijaning yarmini bir turda qayd eta oldi.