17.08.2025
O'qish vaqti: 1 min

Barselona osonlik bilan g’alaba qozondi va Yamal goli bilan ko’zga tushdi

Barselona osonlik bilan g’alaba qozondi va Yamal goli bilan ko’zga tushdi

Ispaniya La Ligasining yangi 2025-2026 yilgi mavsumi boshlandi. Amaldagi chempion “Barselona” safarda “Malyorka” klubini 3:0 hisobida mag’lubiyatga uchratdi. 7-daqiqada Yamalning pasidan so’ng Rafiniya gol urib hisobni ochdi. 23 – daqiqaga kelib Ferran Torres aniq zarbasi bialn hisobni 2:0 ga yetkazdi.

Qiziq tomoni shundaki, birinchi taymda “Malyorka” jamosjining ikki futbolchisi qizil kartochka olib maydondan quvildi.

33 – daqiqada Manu Morlanes ikkinchi ogohlantirish olgan bo’lsa, 39 – daqiqada Vedat Muriki darvozabonga ishlatgan qupolligi uchun jazolandi.

9 o’yinchi qolgan mezbonlar himoyada yaxshi o’yinashdi. Lekin o’yin oxirida Lamin Yamal goli bilan uchrashuvga nuqta qo’ydi – 3:0.

O’yinning eng yaxshi futbolchisi deb Lamin Yamal topildi.