17.08.2025
O'qish vaqti: 1 min

Manchester Siti safarda g’alaba qozondi va Xolland 2 gol urdi

Manchester Siti safarda g’alaba qozondi  va Xolland 2 gol urdi

Xosep Gvardiola boshchiligidagi “Manchester Siti”  Angliya premyer-ligasining yangi mavsumini g’alaba bilan boshladi. “Vulverxempton”  mehmoni bo’lgan “shaharliklar” 34 – daqiqada hisobni ochishdi. Gol muallifi Erling Xolland bo’ldi. Keyin “Manchester Siti” futbolchilari 37 – daqiqada mezbonlar darvozasini ishg’ol qilishdi. Golni Reynders nomiga yozdirdi.

Ikkinchi bo’limda Gvardiola shogirdlari yana ikki gol urishdi. Xolland dublga erishsa, Rayan Sherki uchrashuvga nuqta qo’ydi – 4:0.

Eslatib o’tamiz o’zbekistonlik himoyachi Abduqodir Xusanov 82 – daqiqada maydonga tushdi.