15.08.2025
O'qish vaqti: 1 min

Nyukasl Isakni jazolashi mumkin

Nyukasl Isakni jazolashi mumkin
“Nyukasl” rahbariyati shvetsiyalik hujumchi Aleksander Isakka o’tkazib yuborilgan o’yinlar uchun jarima belgilaydi.

Daily Mail” xabariga ko’ra, “qarg’alar” hali jamoa bilan mashg’ulot o’tkazishdan bosh tortayotgan 25 yoshli shvetsiyalik futbolchini jarimaga tortmagan.

Isak “Nyukasl”ning uchrashuvlarini o’tkazib yubora boshlasa, jarima solinadi. Jamoa bosh murabbiyi Eddi Xau jamoasining APL yangi mavsumidagi ilk o’yini 16 avgust kuni bo’lib o’tadi. “Qarg’alar” “Aston Villa”ga qarshi maydonga tushadi va bu o’yinda Isak o’ynamaydi.

Eslatib o’tamiz, Aleksander Isak uni yozgi transfer oynasida “Liverpul”ga qo’yib yubormagani uchun “Nyukasl” sharafini himoya qilishdan bosh tortmoqda. Ayni damda ekspertlar shvetsiyalik hujumchining transfer qiymatini 120 million evro deb baholamoqda.