15.08.2025
O'qish vaqti: 1 min

Erik Lamela futbolchilik faoliyatini yakunladi

Erik Lamela futbolchilik faoliyatini yakunladi
Tottenxem sobiq futbolchisi Erik Lamela faoliyatini 33 yoshida tugatdi va endi u “Sevilya”da ish boshlaydi.

Argentina terma jamoasidagi o’yinlari bilan ham tanilgan 33 yoshli vinger Erik Lamela Gretsiyaning AEK jamoasidan ketganidan so’ng futbolchilik faoliyatini yakunlaganini elon qildi.

AS xabariga ko’ra, Lamela “Sevilya”da Matias Almeydaning murabbiylar shtabiga qo’shiladi. Eslatib o’tamiz Erik 2021 yildan 2024 yilgacha Ispaniya jamoasi tarkibida to’p tepgan va Evropa Ligasida g’olib chiqishga yordam bergan.

Lamela 2024/25 yilgi mavsum AEK tarkibida 31 o’yin o’tkazib, 6 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.