15.08.2025
O'qish vaqti: 1 min

Chelsi va Manchester Yunaytedning sobiq futbolchisi Nemanya Matich Lionni tark etadi

Chelsi va Manchester Yunaytedning sobiq futbolchisi Nemanya Matich Lionni tark etadi

Serbiya terma jamoasining sobiq yarim himoyachisi Nemanya Matich erkin agentga aylandi. 37 yoshli himoyachining “Lion”ni tark etishi fransuz klubi rasmiy sayti orqali e’lon qilindi. “Chelsi” va “Manchester Yunayted”ning sobiq futbolchisi o’tgan yilning yanvar oyidan beri “Lion”da o’ynagan.

“Lion” Nemanyaga klubdagi faoliyati davomida fidoyiligi va professionalligi uchun chin dildan minnatdorchilik bildiradi va unga kelajakdagi faoliyatida omad tilaydi”, – deyiladi “Lion” matbuot xizmati xabarida.

Nemanya Matich “Renn”dan “Lion”ga o’tdi. OAV xabariga ko’ra, transfer 2,6 million yevroni tashkil qilgan. Umuman olganda, serblar klub safida 58 ta o‘yin o‘tkazib, gol urdi va golli uzatmani amalga oshirdi.