15.08.2025
O'qish vaqti: 1 min

Barselona Yuventus hujumchisi Vlahovichga qiziqish bildirmoqda – GdS

Barselona Yuventus hujumchisi Vlahovichga qiziqish bildirmoqda – GdS

“Yuventus” 25 yoshli hujumchi Dushan Vlahovichni yaxshi narxga sotmoqchi. Italiya grandlari transfer oynasi yopilgunga qadar (1-sentabr) top-klublardan biri futbolchi bo’yicha taklif bilan murojaat qilishini kutishmoqda. Bu haqda La Gazzetta dello Sport xabar bermoqda.

Manbaga ko’ra, Vlahovichga qiziqish bildirayotgan jamoalar orasida o’tgan yili forvardga qiziqish bildirgan “Barselona” ham bor.

O‘tgan mavsumda Vlahovich barcha turnirlarda 145 ta o‘yin o‘tkazib, 58 ta gol urdi va 14 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Futbolchining klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2026 yilning yoziga qadar mo’ljallangan. Transfermarkt portalida berilgan ma’lumotlarga ko’ra, futbolchining bozor narxi 35 million yevroni tashkil qiladi.