14.08.2025
O'qish vaqti: 1 min

Gonsalu Ramush PSJda qolishini aytdi

Gonsalu Ramush PSJda qolishini aytdi

“PSJ” hujumchisi Gonsalu Ramush jamoada o’ynashda davom etishini malum qildi.

13 avgust kuni parijliklar UEFA Superkubogida “Tottenxem”ni mag‘lub etishdi (2:2, penaltilar seriyasi 4:3). Ramush ikkinchi bo‘limda zaxiradan maydonga tushdi va asosiy vaqt oxirida hisobni tenglashtirdi.

— Ushbu mavsumda PSJda qolishingizni tasdiqlay olasizmi?

— Ha, — Ramosning so’zlarini keltiradi L’Equipe.

24 yoshli portugaliyalik futbolchi 2023 yilning yozidan buyon «PSJ»da to’p surmoqda. U jamoa safida 87ta o’yin o’tkazib, 34ta gol urgan va 8ta golga assistentlik qilgan. Transfermarkt portali futbolchining bozor narxini 40 million yevroga baholamoqda.