11.08.2025
O'qish vaqti: 1 min

Romano: Fulxem Shaxtyor futbolchisi uchun 37 million evro taklif qildi, ukrainaliklar esa 50 million evro talab qilmoqda

Romano: Fulxem Shaxtyor futbolchisi uchun 37 million evro taklif qildi, ukrainaliklar esa 50 million evro talab qilmoqda

Angliyaning “Fulxem” klubi Ukrainaning “Shaxtyor” klubidan braziliyalik vinger Kevinning transferiga qiziqmoqda. Insayder Fabritsio Romanoning xabariga ko’ra, londonliklar “Shaxtyor”ga 22 yoshli futbolchi uchun bonuslar va 37 million yevro miqdorida rasmiy taklif bilan chiqdi.

Manbaga ko’ra, Ukraine klubi o’z futbolchisini 50 million yevro miqdorida baqolab qat’iy turib olishda davom etmoqda.

Kevin 2024 yilning yanvarida “Palmeyras”dan “Shaxtyor”ga o’tgandi.OAV ma’lumotlariga ko’ra, o’sha paytdagi kelishuv 12 million yevroga teng edi. Braziliyalik futbolchining amaldagi jamoasi bilan shartnomasi 2028 yilning oxirigacha mo’ljallangan. 2025/2026 yilgi mavsumda Kevin UEFA Yevropa ligasi saralash bosqichidagi uchta o’yinda 4 ta gol va ikkita golli uzatmaga mualliflik qilgan.