11.08.2025
O'qish vaqti: 1 min

Krystal Pelas Angliya superkubogi sohibi

Krystal Pelas Angliya superkubogi sohibi

Londonning “Kristal Pelas” jamoasi FA Community Shield musobaqasida “Liverpul”ni penaltilar seriyasida mag‘lub etib, kalendar yilidagi ikkinchi sovrinini qo‘lga kiritdi. O’yin Angliyaning London shahridagi “Uembli” stadionida bo’lib o’tdi. Kris Kavana hakamlik qildi. Asosiy vaqtda 2:2 hisobi qayd etilib, penaltilar seriyasida “burgutlar” 3:2 hisobida g‘alaba qozonishdi.

Londonliklar Angliya Superkubogida 2024/2025 yilgi Angliya kubogi g’olibi sifatida ishtirok etishdi. Musobaqa finalida “burgutlar” “Manchester Siti”ni minimal 1:0 hisobida mag‘lub etishdi. Bu kubok Kristal Pelas tarixida 1905 yildan beri birinchi bo’ldi.