10.08.2025
O'qish vaqti: 1 min

Yaponiyada ikki kun ichida ringda jarohat olgan ikkinchi bokschi vafot etdi

Yaponiyada ikki kun ichida ringda jarohat olgan ikkinchi bokschi vafot etdi

Yaponiyalik bokschi Xiromasa Urakava Tokiodagi turnirda nokautga uchraganidan bir hafta o‘tib vafot etdi. Bu haqda Butunjahon boks tashkiloti (WBO) o‘zining ijtimoiy tarmoqlarida xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, 2 avgust kuni 28 yoshli sportchi sakkizinchi raundda hamyurti Yoji Saytoga nokaut evaziga mag‘lub bo‘lgan. Bir kun avval yana bir yaponiyalik bokschi, 28 yoshli Shigetoshi Kotari jangda o‘limga olib keladigan jarohatlar olib, xuddi shu turnirda vafot etdi.