09.08.2025
O'qish vaqti: 1 min

Beshiktosh Vilfrid Ndidi transferini e’lon qildi

Beshiktosh Vilfrid Ndidi transferini e’lon qildi

Turkiyaning “Beshiktosh” klubi Angliyaning “Lester Siti” klubidan nigeriyalik yarim himoyachi Vilfred Ndidi transferini e’lon qildi. Futbolchi bilan shartnoma 2028 yilning yoziga qadar mo’ljallangan.

“Klub bilan professional futbolchi Vilfrid Ndidining transferi bo’yicha kelishuvga erishildi. Ndidi bilan 3 yillik shartnoma imzolandi, u yana bir mavsumga uzaytirilishi mumkin. Umumiy transfer narxi 8 million yevroni “Lester Siti” to’laydi”, – deyiladi klub rasmiy saytida.

2024/25-yilgi mavsumda Ndidi 30 ta o’yinda 1 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt ma’lumotlariga ko’ra, Vilfridning bozor qiymati 15 million yevroni tashkil qiladi.