08.08.2025
O'qish vaqti: 1 min

Saudiya Arabistonida bo’lib o’tadigan Six Kings Slam ko’rgazma turniri ishtirokchilari ro’yxati e’lon qilindi

Saudiya Arabistonida bo’lib o’tadigan Six Kings Slam ko’rgazma turniri ishtirokchilari ro’yxati e’lon qilindi

Saudiya Arabistonida har yili o‘tkaziladigan olti nafar tennischi ishtirokidagi an’anaviy ko‘rgazmali turnir – Six Kings Slam musobaqasi ishtirokchilari ro‘yxati aniqlandi.

Bu yil turnirda ATP reytingining eng yaxshi oltitasi qatnashadi:

Yannik Sinner (Italiya);
Karlos Alkaras (Ispaniya);
Aleksandr Zverev (Germaniya);
Teylor Fritz (AQSh);
Jek Draper (Buyuk Britaniya);
Novak Jokovich (Serbiya).

“Qirollar qaytib kelishdi” deb yozdi Saudiya Arabistonidan sport targ‘ibotchisi va rivojlanish tadbirlarni tashkil etish bosh boshqarmasi raisi Turki Al-Alshih o‘z akkauntida.

Eslatib o’tamiz, o’tgan yili rekord darajadagi mukofot jamg’armasi 6 million dollarni tashkil qiluvchi Six Kings Slam turnirida italiyalik Yannik Sinner g’olib chiqqan edi. Uchinchi o‘rin uchun kechgan bahsda Jokovich Nadaldan 6:2, 7:6 hisobida ustun keldi.

Bu yil turnir Ar-Riyodda 15-18 oktyabr kunlari bo’lib o’tadi.