08.08.2025
O'qish vaqti: 1 min

Myunxenning Bavariya klubi Chelsi hujumchisi Nikolas Jeksonni sotib olishi mumkin

Myunxenning Bavariya klubi Chelsi hujumchisi Nikolas Jeksonni sotib olishi mumkin

So’nggi soatlarda Myunxenning “Bavariya” klubi “Chelsi”ning 24 yoshli hujumchisi Nikolas Jeksonning ehtimoliy transferi haqida ma’lumot yig’moqda. Bu haqda jurnalist Florian Plettenberg X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida ma’lum qildi.

Manbaga ko’ra, nemis grandlari forvardning hozirgi holati, narxi va sotib olish shartlari haqida ma’lumot so’ragan. Ta’kidlanishicha, senegallik Myunxen klubini tark etishga yaqin turibdi. Uning taxminiy bahosi 65 million yevro.

Jeksonga “Nyukasl” ham qiziqish bildirmoqda.

Hujumchi 2023-yil yozida “Vilyarreal”dan “Chelsi”ga o‘tgandi. Bu davrda Jekson barcha turnirlarda 81ta o‘yinda qatnashib, 30ta gol urdi va 12ta golli uzatmani amalga oshirdi. Futbolchining klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2033 yilning yoziga qadar mo’ljallangan. Transfermarkt portalida berilgan ma’lumotlarga ko’ra, futbolchining bozor qiymati 50 million yevroni tashkil qiladi.