08.08.2025
O'qish vaqti: 1 min

Job Bellingem Borussiya Dortmundda qaysi raqamda o’ynashi ma’lum bo’ldi

Job Bellingem Borussiya Dortmundda qaysi raqamda o’ynashi ma’lum bo’ldi

Dortmundning “Borussiya” klubining angliyalik yarim himoyachisi Job Bellingem 7-raqamli libosda maydonga tushadi.

“Bizning yangi 7 raqamimiz bilan tanishtiramiz”, deyiladi “Borussiya”ning ijtimoiy tarmoqdagi X sahifasida.

Avvalroq Jovanni Reyna, Jeydon Sancho, Usmon Dembele, Shinji Kagava, Yonas Xofman va Robert Levandovski “Borussiya”da 7-raqamli futbolkada harakat qilishgan.

19 yoshli Job Bellingem iyun oyida “Sanderlend”dan 30,5 million evro evaziga “Borussiya Dortmund”ga o’tgan edi. Uning akasi Jud Bellingem 2020-yil iyulidan 2023-yil iyuligacha klubda o‘ynagan.

Bundesliganing yangi mavsumi 22 avgust kuni boshlanadi. Chempionatning birinchi turida Dortmund jamoasi safarda “Sankt Pauli”ga qarshi bahs olib boradi; o’yin 23 avgust kuni bo’lib o’tadi.