08.08.2025
O'qish vaqti: 1 min

Neftchi mehmonda g’alaba qozondi, Nasaf esa ochko yuqotdi

Neftchi mehmonda g’alaba qozondi, Nasaf esa ochko yuqotdi
Superliganing 17-turida “Qo’qon-1912″ o’z maydonida “Neftchi”ga mag’lub bo’ldi.
Uchrashuvning 9 – daqiqasida mehmonlar futbolchisi Alisher Odilov goli bilan hisobni ochdi. 83 – daqiqada Shohrux Gadoev hisobni tenglashtirgan bo’lsa ham, 89 – daqiqada” Neftchi” g’alaba golini urdi. Yakuniy hisob  1:2 “Neftchi” jamoasining g’alabasi.

Bu qo’qonliklarning Superliga doirasidagi ketma-ket to’qqizinchi mag’lubiyati bo’ldi. Jamoa so’nggi marta 2 may kuni Toshkentning “Bunyodkor” klubining maydonida g’alaba qozongandi.

Bahrom Haydarov shogirdlari navbatdagi uchrashuvini 12 avgust kuni safarda autsayder “Sho’rtan”ga qarshi maydonga chishadi.

Ikkinchi o’yinda “Nasaf” o’z maydonida “Andijon” bilan 1:1 hisobida teng tushdi.