07.08.2025
O'qish vaqti: 1 min

Nassurdin Imavov du Plessi – Chimaev jangi uchun prognoz berdi

Nassurdin Imavov du Plessi – Chimaev jangi uchun prognoz berdi

O‘rta vazn (84 kg gacha) reytingida birinchi raqamli da’vogar, fransiyalik Nassurdin Imavov 17 avgust kuni Chikagoda (AQSh) UFC 319 turniri doirasida bo‘lib o‘tadigan Drikus du Plessi va Hamzat Chimaev o‘rtasidagi bo‘lajak chempionlik jangi haqida gapirdi.

“O’ylaymanki, Xamzat jangni ikki raundda yakunlaydi. Bu mening fikrim, lekin men, albatta, u qancha davom etsa, du Plessining kardiyosini hisobga olsak, shunchalik ustunlikka ega bo’ladi, deb o’ylaydiganlarni tushunaman. Qolaversa, u juda g’alati uslubga ega”, – deya Imavov so’zlarini keltiradi MMAJunkie.