06.08.2025
O'qish vaqti: 1 min

Milan klubi Bryuggedan yarim himoyachi Ardon Jashari transferini e’lon qildi

Milan klubi Bryuggedan yarim himoyachi Ardon Jashari transferini e’lon qildi

Shveysariya terma jamoasining 23 yoshli yarim himoyachisi Ardon Jashari Milanga ko’chib o’tdi. Bryuggening sobiq futbolchisi bilan 2030 yilning yoziga qadar shartnoma imzolangani Italiya jamoasining rasmiy saytida e’lon qilingan. Yangi klubida Jashari 30-raqam ostida o’ynaydi.

Oldinroq transfer summasi bonuslarni hisobga olgan holda 38 million yevroni tashkil qilishi mumkinligi xabar qilingandi. OAV xabariga ko’ra, futbolchi Milanga o’tish uchun Angliya premer-ligasi klublarining bir qancha takliflarini rad etgan.

Ardon Jashari Shveysariyaning Lyusern klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U 2024 yilning yozidan buyon Bryuggeda o’ynadi. Bir yil avval belgiyaliklar himoyachining transferi uchun 6 million evro to’lagandi.