06.08.2025
O'qish vaqti: 1 min

Ralf Shumaxer Xemilton faoliyatini tugatishga qaror qilishi mumkin bo’lgan shartni aytdi

Ralf Shumaxer Xemilton faoliyatini tugatishga qaror qilishi mumkin bo’lgan shartni aytdi

“Formula-1” poygasining sobiq haydovchisi, hozirda ekspert Ralf Shumaxer “Formula-1”ning yetti karra chempioni, Ferrari uchun haydab kelayotgan Lyuis Xemiltonning faoliyatini yakunlash haqidagi ehtimoliy qarori haqida o‘z fikri bilan o‘rtoqlashdi.

“Uch oy oldin bu haqda gaplashgan edik, keyin ham hamma bizni tanqid qildi, ayniqsa meni, chunki men Xemilton nafaqaga chiqishi mumkinligini aytdim. Hozir esa uning o’zi bu mavzuda gapirmoqda. Demak, nimadir o’zgardi. Men ham xuddi shunday fikrdaman: agar keskin hech narsa o’zgarmasa, balki yil oxirida u: “Menga to’yib ketdim”, – deydi Shumaxer “Backstage” kanalida.