27.07.2025
O'qish vaqti: 1 min

Vulves va Vest Xem Bayer Leverkusen hujumchisi Amin Adlini ko’zlamoqda

Vulves va Vest Xem Bayer Leverkusen hujumchisi Amin Adlini ko’zlamoqda

ESPN xabar berishicha, Bayer Leverkusen hujumchisi Amin Adliga Premier Liganing ikki klubi — Vulves va Vest Xem qiziqish bildirmoqda. 25 yoshli Marokash terma jamoasi a’zosi Angliyaga o’tishga tayyor ekanligi va transfer narxi taxminan 23 million funt sterlingni tashkil etishi aytilmoqda.

Adli o’tgan mavsumda Xabi Alonsoning jamoasi bilan Bundesliga va DFB-Pokal g’olibligini qo’lga kiritgan. U barcha musobaqalarda 42 ta o’yinda 10 ta gol va 12 ta assist bilan ajoyib natija ko’rsatgan.

Fransiyada tug’ilgan futbolchi to’rt yil oldin Ligue 1 klubi Tuluzadan Leverkuzenga o’tgan. Bu mavsumda jarohat tufayli uning ko’rsatkichlari pasayib — atigi ikki gol va ikki assist qayd etgan bo’lsa-da, turli hujum pozitsiyalarida o’ynash qobiliyati va tezligi ingliz klublarining e’tiborini tortgan.

-->