26.07.2025
O'qish vaqti: 1 min

Liverpul Diogu Jotani xotirlash uchun doimiy haykal o’rnatadi

Liverpul Diogu Jotani xotirlash uchun doimiy haykal o’rnatadi

Liverpool Anfieldda Diogu Jota — bu oy boshida ukasi Andre Silva bilan avtohalokatda vafot etgan futbolchisi xotirasiga doimiy haykal o’rnatish rejasini e’lon qildi.

Jamoa bu mavsim davomida formalar va stadion kurtkalarida “Forever 20” belgisini taqib chiqadi. Kelasi oy Bornmutga qarshi mavsumning ochilish o’yinidan oldin muxlislar mozaikasi va sukut daqiqasi o’tkaziladi.

Enfield tashqarisiga qo’yilgan minglab guldastalar va turli xil ehtirom belgilari yig’ib olindi — gullar klub bog’lari uchun kompostga aylantiriladi, boshqa narsalar esa xotira haykali qismlariga qayta ishlanadi.

Jotaning oilasi bilan maslahatlashgandan so’ng, klub barcha jamoa darajalarida 20-raqamni muomaladan chiqarishga qaror qildi. Muxlislar hamon formalarga “Diogu J. 20” yozuvini tushirishi mumkin, daromad uning nomi bilan tashkil etiladigan futbol dasturiga yo’naltiriladi.

Mavsumdan oldingi o’yinlardan avval guldastalar qo’yiladi:

  • Gonkongda
  • Tokioda
  • Enfieldda
-->