23.07.2025
O'qish vaqti: 1 min

Sakaning goli “Arsenal”ga Osiyo safarida “Milan” ustidan g’alaba qozonishga yordam berdi

Sakaning goli “Arsenal”ga Osiyo safarida “Milan” ustidan g’alaba qozonishga yordam berdi

Londonning “Arsenal” klubi o‘rtoqlik uchrashuvida Italiyaning “Milan” klubini mag‘lub etdi. Singapurdagi “Milliy” stadionda kechgan uchrashuv 1:0 hisobida “kanonirlar” foydasiga hal bo‘ldi.

Yagona gol 53-daqiqada Bukayo Saka tomonidan kiritildi, unga esa Yakub Kiver assistentlik qildi.

27 iyul kuni bo’lib o’tadigan Osiyo turnesi doirasidagi navbatdagi o’yinda Mikel Arteta shogirdlari “Nyukasl” bilan to’qnash kelishsa, Massimiliano Allegri boshchiligidagi “Milan” bir kun avval “Liverpul” bilan o’ynaydi.

Angliya chempionatining 2025/2026 yilgi mavsumi 15 avgust kuni boshlanadi. “Arsenal” 17 avgust kuni 1-turda “Manchester Yunayted” mehmoni bo‘ladi. “Milan” Italiya chempionatining ilk o‘yin kunida “Kremoneze”ni qabul qiladi.

-->