22.07.2025
O'qish vaqti: 1 min

Ekitike transferidan so’ng Chelsi Nikolas Jekksonga yuqori narx qo’ydi

Ekitike transferidan so’ng Chelsi Nikolas Jekksonga yuqori narx qo’ydi

Sky Sports xabariga ko’ra, Liverpul Hugo Ekitike uchun 79 million funt sterling to’lashga rozi bo’ldi — bu summa 69 million funt sterling transfer to’lovi va 10 million funt sterling bonusdan iborat.

Bu transfer kelishuvi Chelsi siyosatiga bevosita ta’sir ko’rsatdi — G’arbiy London klubi hujumchisi Nikolas Jekson uchun yuqori narx belgiladi.

Hozirda Ekitike tibbiy ko’rikdan o’tish uchun Mersisaydga yo’l olgan — 23 yoshli futbolchi Liverpulning Gonkong va Yaponiyadagi mavsumoldi turneda ishtirok etishi kutilmoqda.

-->