21.07.2025
O'qish vaqti: 1 min

Galatasaroy Osimhenni Napolidan transfer qilish uchun 80 million yevro tayyorladi

Galatasaroy Osimhenni Napolidan transfer qilish uchun 80 million yevro tayyorladi

Fabrizio Romanoning ma’lum qilishicha, Galatasaroy yozgi transfer oynasida hujumchi Viktor Osimhenni Napolidan sotib olish bo’yicha kelishuvga yaqin.

“Galatasaroy Viktor Osimhen kelishuvi tomon yaqinlashmoqda, tez orada here we go!” deya yozdi Fabrizio Romano o’z hisobotida.

Turkiyaning gigant klubi 80 million yevrolik transfer narxiga rozi bo’ldi — to’lov quyidagi tarzda amalga oshiriladi:

  • 40 million yevro dastlabki to’lov
  • 35 million yevro bir yil davomida bo’lib-bo’lib to’lash
  • 5 million yevro bonus ko’rinishida

Bu kelishuv Galatasaroy uchun muhim qadam — klub Napoli hujumchisini qo’lga kiritish uchun o’zining transfer rekordini yangilashga tayyor.

-->