20.07.2025
O'qish vaqti: 1 min

Real Madrid Rodrygo uchun yuqori narx belgiladi

Real Madrid Rodrygo uchun yuqori narx belgiladi

Fabrizio Romanoning ma’lum qilishicha, Real Madrid yozgi transfer oynasida Arsenal va Liverpul qiziqish bildirgan Rodrygo Goes uchun yuqori narx belgiladi.

Ikkala Premier Liga klubi braziliyalik qanotchi xizmatlarini qo’lga kiritish uchun raqobatlashmoqda — uning tabiiy pozitsiyasi o’ng qanotda bo’lsa-da, Rodrygo chap tomonda ham o’ynay olishi ta’kidlanmoqda.

Arsenal o’tgan mavsumda beqaror o’yin ko’rsatgan Gabriel Martinellining o’rnini bosish uchun Rodrygo kerak, Liverpul esa uni Bayern Myunxenga o’tishi kutilayotgan Luis Diazning vorisi qilmoqchi.

Muzokalar oson bo’lmaydi, chunki Rodrygo Los Blankos bilan 2028-yil iyungacha shartnomaga ega — Cristiano Ronaldoning muxlisi klubning qimmatli aktiviga aylanib ulgurgan.

-->