19.07.2025
O'qish vaqti: 1 min

Real Madrid Kurtua shartnomasi uchun ichki qoidalarni buzdi

Real Madrid Kurtua shartnomasi uchun ichki qoidalarni buzdi

Fabrizio Romanoning ma’lum qilishicha, Tibo Kurtua Real Madrid bilan 2027 yilning iyun oyigacha shartnoma uzaytirish bo’yicha kelishuvga erishdi — bu qaror klubning ichki qoidalarini buzadi.

Los Blankas 30 yoshdan oshgan futbolchilarga faqat bir yillik shartnoma taklif qilish to’g’risidagi uzoq muddatli siyosatidan voz kechishga qaror qildi. Hozirda 33 yoshli belgiyalik darvozabon — 2026 yil iyun oyida tugashi kerak bo’lgan avvalgi shartnomasidan ikki yillik muddatga uzaytirildi.

Football Espananing xabar berishicha, bu qaror Real Madrid o’zining asosiy darvozabonini saqlab qolish uchun maxsus istisnolar qilishga tayyor ekanligini ko’rsatadi — garchi bu hozirgacha qat’iy amal qilingan qoidalarga zid bo’lsa ham.

-->