19.07.2025
O'qish vaqti: 1 min

Ispaniya ayollar Evrosida Shveytsariyani yengib tarix yozdi

Ispaniya ayollar Evrosida Shveytsariyani yengib tarix yozdi

Berndagi Vankdorf stadionidan xabar berilishicha, jahon chempioni Ispaniya ayollar milliy jamoasi Yevropa chempionatining pley-off bosqichida birinchi g’alabasini qozonib, tarix yozdi.

Aitana Bonmati o’yin yakunidan so’ng o’z fikrini bildirdi:

“Bunday lahzalarni qadrlamog’imiz kerak. Ba’zida odamlar bizdan har o’yinda 6:0 hisobida g’alaba kutishadi. Biz xotirjam, ishonchli va sabrli bo’ldik. Yarim finalga chiqib, mamlakat uchun tarix yaratdik.”

O’yin La Roja uchun qiyin kechdi — ular ikkita penaltini boy berishdi va uch marta to’p darvoza usitiniga tegib qaytdi. Biroq, Atenea del Kastilo va Klaudiya Pinaning besh daqiqa ichida urgan ikki goli 2:0 hisobidagi g’alabani ta’minladi.

Stadionni to’ldirgan 29,734 tomoshabinning kuchli qo’llab-quvvatlashi shveytsariyalik mezbonlarga yordam bera olmadi. Shveytsariya murabbiyi Piya Sundksag e’tirof etdi:

“Men Shveytsariyadan faxrlanaman. Tomoshabinlar soni ajoyib bo’ldi. Bu hayotda bir marta bo’ladigan, juda ta’sirli lahza bo’ldi.”

Ispaniya kelgusi hafta Syurixda Fransiya yoki Germaniya bilan yarim final o’ynaydi.

-->