19.07.2025
O'qish vaqti: 1 min

CONMEBOL Braziliya e’tirozidan so’ng Copa América Femeninadagi razminka qoidalarini o’zgartirdi

CONMEBOL Braziliya e’tirozidan so’ng Copa América Femeninadagi razminka qoidalarini o’zgartirdi

CONMEBOL — Janubiy Amerika futbol boshqaruv organi — Ekvadorda davom etayotgan Copa América Femeninadagi razminka tartiblarini o’zgartirganini e’lon qildi.

Braziliya terma jamoasi kapitani Marta, hamda jamoadoshi Ary Borges va murabbiy Arthur Elias avvalroq bo’yoq hidi kelayotgan 15 kvadrat metrlik xonadagi razminka sharoitlarini tanqid qilishgan edi.

“Janubiy Amerikadagi turnirda o’ynamganimga ancha bo’ldi va bu sharoitlar bizni xafa qildi. Sportchilardan yaxshi o’ynash va qattiq ishlash kutiladi, lekin biz ham tashkilotchilikda yuqori darajani talab qilishimiz kerak,” deya Marta Globo Esporte’ga aytib o’tdi.

Yangi qoida barcha maydon o’yinchilariga 15 daqiqa davomida maydonda razminka qilishga ruxsat beradi — avval faqat darvozabonlarga ruxsat berilgan edi. Oldingi cheklov kuniga ikki o’yin o’tkaziladigan maydon holatini saqlash uchun joriy qilingan edi.

Hozirda B guruhida ikki g’alaba bilan peshqadamlik qilayotgan Braziliya keyingi o’yinda Paragvay bilan to’qnashadi. Avvalroq, amaldagi chempionlar razminka cheklovlari tufayli Kerolin ning jismoniy holatini baholay olmagan va u maydondan chetda qolgan edi.

-->