18.07.2025
O'qish vaqti: 1 min

Kasper Ruud Gshtaad chorak finalida dunyoning 109-raqamiga yutqazdi

Kasper Ruud Gshtaad chorak finalida dunyoning 109-raqamiga yutqazdi

Dunyo reytingida 13-o‘rinni egallab turgan norvegiyalik tennischi Kasper Ruud Gshtaad (Shveytsariya) shahrida o‘tkazilgan to’proq kort bo‘yicha ATP-250 turnirining yarim finaliga chiqa olmadi. Chorak finalda u ATP reytingida 109-o’rinni egallab turgan argentinalik Xuan Manuel Serundologa (2:6, 6:1, 3:6) uch setda mag’lub bo’ldi.

Uchrashuv 2 soat 10 daqiqa davom etdi. Bu vaqt ichida Ruud to’rtta eys amalga oshirdi, birorta ham dubl qayd etmadi va olingan 15 ta breyk-poyntdan 5 tasini yuta oldi. Uning raqibi uchta eys, beshta qo’sh xato va to’qqiztadan oltita breyk-poyntni o’z foydasiga hal qildi.

Qayd etish kerakki, Rud Gshtaddagi musobaqada birinchi raqam ostida saralangandi.

Shveysariyadagi turnirning yarim finalida Xuan Manuel Serundolo dunyoning 167-raketkasi, saralash orqali asosiy to‘rga yo‘l olgan perulik Ignasio Busega qarshi kortga chiqadi.

-->