18.07.2025
O'qish vaqti: 1 min

Al Ahli Real Madrid yulduzi Vinisius Junior uchun ulkan taklif tayyorlamoqda

Al Ahli Real Madrid yulduzi Vinisius Junior uchun ulkan taklif tayyorlamoqda

TalkSPORT xabar berishicha, Saudiya Pro-ligasi klubi Al Ahli Real Madrid qanotchisi Vinisius Junior uchun jahon rekord taklifini tayyorlamoqda. Klub 25 yoshli futbolchi uchun 350 million yevrolik taklifni yuborishga tayyor.

Braziliyalik futbolchi uchun tayyorlangan taklif 1 milliard yevrolik besh yillik shartnomani o’z ichiga oladi. Santyago Bernabeu bilan shartnomasi ikki yil qolgani sababli, saudiyaliklar Vinisius Juniorni jamoaga qo’shilishiga ishonishmoqda.

Shu bilan birga, AS Milan Manchester Yunayted hujumchisi Rasmus Hyolandga qiziqish bildirmoqda. Seriya A klubi Luka Yovich va Temmi Abraxam ketganidan so’ng yangi hujumchiga muhtoj. Ikki yil oldin Yunaytedga 72 million funt sterlingga qo’shilgan Hyoland 40 million funt sterlingga sotilishi mumkin.

Barselona RB Leyptsig yarim himoyachisi Xavi Simons vakillari bilan uchrashuvlar o’tkazgani xabar qilinmoqda. 22 yoshli nederlandiyalik futbolchi bu mavsumda Bundesliganing 25 ta o’yinida 10 ta gol va 7 ta gol uzatmasi bilan muxlislarni lol qoldirdi.

-->