18.07.2025
O'qish vaqti: 1 min

Snoop Dogg Swansea City klubining rasmiy egasiga aylandi

Snoop Dogg Swansea City klubining rasmiy egasiga aylandi

The Associated Press xabar berishicha, Snoop Dogg Angliyaning ikkinchi divizionida o’ynayotgan Swansea City futbol klubining hamegasi va sarmoyadoriga aylandi.

Instagramda 88 milliondan ortiq izdoshga ega bo’lgan amerikalik repchi o’tgan hafta oxirida Swanseaning 2025-26 mavsumi uchun uy formasini taqdim etishda ishtirok etdi.

“Mening futbolga bo’lgan muhabbatim hamma biladi, lekin Swansea City bilan hamkorlik menga alohida tuyuldi. Klub va shahar tarixi mening qalbimni juda to’lqinlantirdi,” dedi Snoop Dogg.

“Bu g’ururli, ishchi sinf shahri va klubi. Men kabi, qarshi kurashuvchi anderdog,” deya qo’shimcha qildi u.

Klub rahbariyati Snoop Doggni uning qo’shiqlaridan birining nomini keltirib — buni Swansea City uchun “navbatdagi qism” deb atadi va klubning nufuzi va ta’sirini kengaytirishga intilmoqda. Bundan oldin, Real Madriddan AC Milanga o’tgan Luka Modrich o’tgan aprel oyida Swansea egalari guruhiga qo’shilgan edi.

-->