18.07.2025
O'qish vaqti: 1 min

Manchester Siti norvegiyalik vunderkid Sverr Nypanni rasman transfer qildi

Manchester Siti norvegiyalik vunderkid Sverr Nypanni rasman transfer qildi

Manchester Siti Rosenburgdan norvegiyalik vunderkid Sverr Nypanni — The Next Martin Odegord deb nom olgan o’yinchini transfer qilganini e’lon qildi.

Premier-liga chempioni 18 yoshli yarim himoyachini qo’lga kiritish uchun 15 million evro sarfladi. Shaharliklar Nypanni 2030 yilgacha Etihad stadionida ushlab turadigan besh yillik shartnoma taklif qilishdi.

“Manchester Sitiga qo’shilganimdan juda xursand va faxrlanaman. Har bir yosh futbolchi uchun bu klubning a’zosi bo’lish va jahon darajasidagi iste’dodlar jamoasiga qo’shilish orzudir,” dedi Nypan.

“Men hali juda yoshman va o’rganadigan narsalarim ko’p, lekin dunyoning eng yaxshi murabbiyi Pep Guardiola qo’l ostida mashq qilish imkoniyati menga yaxshiroq futbolchi bo’lishimga yordam beradi,” deya qo’shimcha qildi u.

-->