17.07.2025
O'qish vaqti: 1 min

Lamin Yamal “Barselona”da 10-raqam ostida o’ynaydi

Lamin Yamal “Barselona”da 10-raqam ostida o’ynaydi

“Barselona” hujumchisi Lamin Yamal 2025/2026 yilgi mavsumdan boshlab jamoa safida 10-raqamda harakat qiladi. Bu haqda klub 18 yoshli futbolchi bilan shartnomani uzaytirish sharafiga o’tkazilgan rasmiy marosimda ma’lum qildi.

2008 yilning iyulidan 2021 yilning iyunigacha Lionel Messi “Barselona”da 10-raqam ostida o’ynadi. Argentinalik futbolchi klubni tark etishga majbur bo’ldi, keyin bu raqam ko’k-anorranglilarning yosh iqtidori Ansu Fatiga berildi, u jarohatlar tufayli o’zini anglay olmadi va joriy mavsum oralig’ida Monakoga ijaraga berildi. Yamal o’tgan yili 19-raqam ostida o’ynadi, darvoqe, Messi ham mazkur raqam ostida to’p tepgandi.

O’tgan mavsumda Yamal 55 o’yinda 18 ta gol urdi va 25 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

-->