16.07.2025
O'qish vaqti: 1 min

FIFA 2026-yil Jahon chempionati chiptalarining sotish sanasini e’lon qildi

FIFA 2026-yil Jahon chempionati chiptalarining sotish sanasini e’lon qildi

FIFA 2026-yil Jahon chempionati chiptalarining sotuvini 10-sentyabrdan boshlanishini e’lon qildi. Kanada, Meksika va AQSh birgalikda mezbonlik qiladigan turnir — 2026-yil 11-iyunda Meksikaning Azteka stadionida boshlanadi.

Yuqori talabni hisobga olgan holda, jahon futbol tashkiloti chiptalarni bosqichma-bosqich sotishga qaror qildi.

“Biz dunyoni yana Shimoliy Amerikaga kutib olishni intiqlik bilan kutmoqdamiz, chunki Kanada, Meksika va AQSh eng katta va eng zo’r sport tadbirining mezboni bo’ladi,” dedi FIFA prezidenti Janni Infantino. “Biz muxlislarni o’z joylarini band qilishga tayyorlanishga undaymiz — bu jahon sportidagi eng qimmatli o’rindiqlar bo’ladi.”