14.07.2025
O'qish vaqti: 1 min

Oxford United Port FC’ga yutqazib, Prezident kubogini qo’ldan boy berdi

Oxford United Port FC’ga yutqazib, Prezident kubogini qo’ldan boy berdi

Oxford United Indoneziyada o’tkazilgan 2025-yil Prezident kubogi finalida Port FCga mag’lub bo’ldi. Anindya Bakrie va Erick Thohir egaligidagi jamoa bosh murabbiyi Gary Rowett qo’li bo’sh qaytishga majbur bo’ldi.

Finalga chiqishdan oldin Oxford United guruh bosqichida ajoyib natijalar ko’rsatib:

  • Indoneziya yulduzlar termasini (6-3)
  • Arema FC’ni (4-0) mag’lub etdi

Kechagi final uchrashuvida Mark Harris 10-daqiqada Oxford hisobini ochdi. Biroq, Madam Pangga tegishli Port FC tanaffus oldidan va keyin Teerasak Poeiphimai va Perea Vargas gollari bilan o’yin taqdirini o’zgartirdi.

Jamoaning sardori Tanaboon Kesarat qizil kartochka olganidan so’ng 10 kishi bilan o’ynashiga qaramay, Port FC o’yin yakunigacha ustunligini saqlab qoldi.