14.07.2025
O'qish vaqti: 1 min

Arsenal Sporting CP dan Viktor Dyokeresh transferini yakunlamoqda

Arsenal Sporting CP dan Viktor Dyokeresh transferini yakunlamoqda

Arsenal Sporting CP ning hujumchisi — Viktor Dyokeresh transferini yakunlash arafasida turibdi.

Mikel Arteta jamoasi markaziy hujumchi pozitsiyasida muammolarga duch keldi — Gabriel Jesusning jarohatlanishi va sof hujumchi sifatlarining yetishmasligi tufayli jamoa o’tgan mavsumda Kai Havertz va Mikel Merinoni vaqtinchalik yechim sifatida ishlatishga majbur bo’ldi.

Dyokeresh ning Sporting CP dagi statistikasi ajoyib — Shvetsiya milliy terma jamoasi hujumchisi so’nggi ikki yil ichida 102 ta o’yinda 97 ta gol urdi.

Ikki klub o’rtasidagi muzokara yakuniy bosqichga yetdi — Arsenal 80 million yevroga teng transfer paketini taklif qildi:

  • Asosiy to’lov 63,5 million yevro
  • Bonus to’lovlar 10-15 million yevro

Sporting CP boshqa shartlarni qo’ydi — Portugaliya klubi o’zining asosiy hujumchisini 70 million yevro va 10 million yevro bonus evaziga qo’yib yubormoqchi.