13.07.2025
O'qish vaqti: 1 min

Santi Cazorla 40 yoshida Real Oviedo bilan shartnomani uzaytirdi

Santi Cazorla 40 yoshida Real Oviedo bilan shartnomani uzaytirdi

Santi Cazorla professional futbolchilik faoliyatini davom ettirishga qaror qildi — 40 yoshli yarim himoyachi Real Oviedo bilan shartnomani rasman uzaytirdi.

LaLigaga ko’tarilgan klub bu mavsumda jamoaning muvaffaqiyatiga katta hissa qo’shgan futbolchi bilan bir yillik shartnoma uzaytirilganini e’lon qildi — Cazorla o’tgan oyda Mirandesga qarshi play-off o’yinida muhim gol urgan edi.

Real Oviedo — Cazorlaning ona shahri klubi — 24 yildan so’ng Ispaniyaning oliy ligasiga qaytadi. Arsenal va Vilyarreal sobiq futbolchisi oxirgi marta LaLigada 2020 yilda o’ynagan, undan so’ng uch yil Qatar klubu Al Saddda to’p surgan.

Ispaniya milliy termasida 81 ta o’yin o’tkazgan futbolchi karyerasini Oviedo akademiyasida boshlagan — ammo klub moliyaviy inqirozga uchraganda Vilyarrealga o’tishga majbur bo’lgan, 2023 yilda esa qaytib kelgan.