12.07.2025
O'qish vaqti: 1 min

Chelsi Nikolas Jeksonni fantastik narxga sotmoqchi

Chelsi Nikolas Jeksonni fantastik narxga sotmoqchi

Dailymail xabar berishicha, Nikolas Jekson bu mavsonda ishonchsiz o’yin ko’rsatgani sababli Chelsidan ketish arafasida turibdi.

24 yoshli senegallik hujumchi 2024-2025 yilgi mavsonda Premier-liganing 30 ta o’yinida atigi 10 ta gol urdi.

Jeksonning o’yini Liam Delap va Joao Pedro kelganidan so’ng — The Blues hujum chizig’ida yanada yorqinroq o’yin ko’rsatishdi va Jeksonning imkoniyati pasayib ketdi.

Senegallik hujumchining intizomiy muammolari ham ko’paydi — Chelsidagi so’nggi beshta o’yinda ikkita qizil kartochka oldi, ularni Premier-ligada Nyukasl Yunaytedga qarshi va Klub jahon chempionatida Flamengoga qarshi o’yinlarda oldi.

Chelsi endi Jeksonni sotishga tayyor, ammo uning narxi astronomik — 100 million funt sterling (taxminan 127 million dollar).