11.07.2025
O'qish vaqti: 1 min

Karlos Alkaras Teylor Fritsni mag’lub etib, 2025 yilgi Uimbldon finaliga chiqdi

Karlos Alkaras Teylor Fritsni mag’lub etib, 2025 yilgi Uimbldon finaliga chiqdi

“Katta Dubulg’a”ning besh karra g’olibi, dunyoning 2-raqamli ispaniyalik tennischisi Karlos Alkaras “Uimbldon-2025” finaliga chiqdi. Yarim finalda u ATP reytingida 5-o‘rinni egallab turgan amerikalik Teylor Fritsni 6:4, 5:7, 6:3, 7:6 (8:6) hisobida mag‘lub etdi.

Uchrashuv 2 soat 51 daqiqa davom etdi. Bu vaqt ichida Alkaras 13 ta eysni bajardi, uchta qo’sh xato qildi va ettita breyk-poyntdan uchtasini ochkoga aylantirdi. Frits 19 ta eys, beshta qo‘sh xatolik va ikkita breyk-poyntdan birini yuta oldi.

Karlos Alkaras qatorasiga uchinchi marta Uimbldon chempionligi uchun Yannik Sinner (Italiya) va Novak Jokovich (Serbiya) o’rtasidagi o’yin g’olibiga qarshi kurash olib boradi.